James A. Robinson

Jeyms Alan Robinson
inglizcha: James Alan Robinson
Tavalludi 27-fevral 1960-yil (1960-02-27)
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya
Sohasi iqtisodiyot
Ish joylari Xarris nomidagi jamoat siyosati maktabi
Harvard Kennedy School
Berkeley universiteti
Janubiy Kaliforniya universiteti
Melburn universiteti
Chikago universiteti
Massachusetts texnologiya instituti
Taʼlimi London School of Economics (BSc 1982-yil)
Warwick universiteti (M.A. 1986-yil)
Yale universiteti (PhD. 1993-yil)
Ilmiy darajasi Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Ilmiy unvoni Professor
Akademik rahbarlari Truman Bewley
Veb-sayt voices.uchicago.edu/jamesrobinson

James Alan Robinson (talaffuzi: Jeyms Alan Robinson; 1960-yil 27-fevral) — britaniyalik iqtisodchi va siyosatshunos. 2015-yildan Chikago universitetining Harris nomidagi jamoat siyosati maktabi professori[1][2], shuningdek, maktabning global mojarolarni oʻrganish va hal qilish boʻyicha Pearson institutining direktoridir[3]. Olim 2004—2015-yillarda Harvard universitetida dars bergan, bundan tashqari Kaliforniya, Janubiy Kaliforniya va Melburn universitetlarida ham faoliyat yuritgan.

Olim asosan qiyosiy-iqtisodiy tahlil va uzoq davrlardagi siyosiy taraqqiyot, jumladan, Janubiy Amerika va Janubiy Sahroi Kabirdagi jarayonlar boʻyicha tadqiqotlar olib boradi. Daron Acemoglu (talaffuzi: Daron Ajemoʻgʻli) bilan hammualliflikda „Diktatura va demokratiyaning iqtisodiy manbalari“ (2006), „Mamlakatlar tanazzuli sabablari“ (2012) va „Tor koridor“ (2019) kabi kitoblarni yozishgan[4].

  1. „James Robinson Named Faculty Director of The Pearson Institute“ (inglizcha). UChicago News (2-iyun 2016-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2019-yil.
  2. „James Robinson | Harris Public Policy“ (inglizcha). harris.uchicago.edu. Qaraldi: 2-fevral 2018-yil.
  3. „The Pearson Institute Leadership“.
  4. „Curriculum Vitae“.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search